Xitoyning LEAGOO kompaniyasi iPhone X’ning nusxasi hisoblanuvchi smartfonini taqdim etdi. S9 nomini olgan gadjetda xuddi iPhone X’dagi kabi “qirqim” bor. Bu haqda The Verge’ga tayanib, “Korrespondent.net” xabar berdi.

Foto: The Verge

Biroq Xitoy kompaniyasi Amerika gadjetining asosiy funksiyasidan nusxa ko‘chira olmagan — yuzni skaner qilishga mo‘ljallangan Face ID sensori. Buning o‘rniga gadjet barmoq izi skaneri bilan jihozlangan, u qurilmaning orqa tomonida joylashgan.

Foto: The Verge

Boshqa texnik tavsiflariga ko‘ra, gadjetga unchalik qimmat bo‘lmagan MediaTek protsessori, HD ekrani o‘rnatilgan, 3 gigabayt tezkor va 32/64 gigabayt ichki xotiraga ega.

Smartfonning narxi o‘z orginalidan ancha arzon — 300 dollar atrofida.