Sankt-Peterburgning Viborg tuman sudi IShIDga a’zolikda gumonlanayotgan Yevgeniy Yefimovning hibsga olinishiga ruxsatnoma berdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Rossiya Federal xavfsizlik xizmati tomonidan ushlangan odam IShID nomidan 17-dekabr kuni Peterburgda terakt uyushtirishni rejalashtirgani aytilmoqda.
Jinoyatchi buning uchun portlovchi uskunalar tayyorlayotganida qo‘lga olingan.
Tergov natijasida ma’lum bo‘lishicha, u 17-dekabr kuni shahardagi Qozon soborini portlatib yubormoqchi bo‘lgan.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)