Toshkentning “Malika” bozorida telefon sotib olish bilan shug‘ullangan 20 yoshli yigit salkam 5 ming dollarlik qimmatliklarni aldov yo‘li bilan o‘zlashtirishda ayblanib, hibsga olindi. Bu haqda UzNews xabar bermoqda.
Shayxontohur tuman IIBga ko‘ra, 1997-yili tug‘ilgan yigit 26 yoshli odamning ishonchiga kirib, unga 4910 dollar evaziga 10 kun ichida 10 ta telefon sotishni va topilgan pulni qaytarishni va’da qilgan. Ammo telefon xarididan tushgan pulni u o‘z ehtiyojlariga ishlatib yuborgan.
Holat yuzasidan JKning 168-moddasi 3-qismi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Moddaga ko‘ra, u yetkazilgan zararni to‘liq qoplab berishi va 8–10 yilgacha qamalishi mumkin.
Ayblanuvchi xavfsizlik maqsadida sud qaroriga qadar hibsda ushlab turiladi.
Izoh (0)