Jur’atlilik yaxshi yoki yomon odamning fazilati deb aytib bo‘lmaydi. Lekin, jur’atlilik — g‘oliblarning fazilati hisoblanadi deb aniq aytish mumkin.

Foto: Getty

Ayniqsa gap mayda-chuydalar haqida ketsa, tezda qaror qabul qiling

Butun hayoti davomida jur’atli bo‘lish juda qiyin. Buning uchun o‘z malakalariga, xislatlariga, tajribalariga to‘liq ishonch hosil qilish kerak. Shuningdek, ongingizga oldindan kiritilgan, qarorlaringizning to‘g‘ri va jadalligini tasdiqlovchi dastur bo‘lishi zarur. Sizda bularning hammasi hosil bo‘lishi uchun mayda-chuydalar bilan bog‘liq qarorlarni tezroq qabul qilishni boshlashingiz kerak.

Qaror qildingizmi, bajaring

Bu maslahat juda ma’nosiz bo‘lsa ham, siz uchun juda muhim. Agar siz nimanidir qilishga qaror qilgan bo‘lsangiz, eng muhimi — bajarish, eng muhimi — o‘z qaroringizga sodiq qolish.

Shuning uchun izchil bo‘ling. Agar biron nimani xohlasangiz, agar qaror qilgan bo‘lsangiz, buni albatta amalga oshiring, fikringizdan qaytmang. Hamma shubhalaringizdan qutuling.

O‘z mukammal hayotingizni toping

Butun hayotingiz davomida sizga hamrohlik qiladigan narsalarga aniqlik kiritishingiz kerak. Buning uchun, band bo‘lish uchun bandlik — bu ahmoqlik ekanligini tushunishingiz kerak. Siz qilayotgan hamma ishning ma’nosi bo‘lishi kerak.

Bu ma’no sizning mukammal hayotingiz mohiyati bilan chambarchas bog‘lanib ketishi kerak.

O‘zingiz uchun eng muhimi nima ekanini tushunganingizdan keyin siz mukammal hayotga yo‘l topasiz; mukammal hayotga yo‘l topish bilan, o‘z yuragingizda sizga har doim va hamma joyda hamroh bo‘ladigan ishonchni uyg‘otasiz.

Vaqtingizni shu tushunchaga sarflang. Aks holda, siz uni hech xohlamagan narsangizga sarflaysiz.

O‘z yaxshi xislatlaringizni aniqlab oling

Siz o‘ziga xos ma’naviy kompassiz qaror qabul qilish juda qiyin bo‘lishini tushunishingiz kerak.

Sharq hikmatlarini izlang, Robert Uilson yoki Timoti Lirni o‘qib ko‘ring, yaxshilik va yomonlik mavzusidagi klassik falsafa bilan tanishing.

Nimaga qiziqsangiz, shuni tanlang. Balki biron-bir aniq narsani tanlay olmassiz, lekin sizning aqliy va ma’naviy boyligingiz oshishi aniq. Bu shaxsiy dunyoqarashni ishlab chiqishga yordam beradi — shunda hatto eng qiyin masalalarni hal qilish ham ancha osonroq bo‘ladi.

Manba: The Challenger