TravelAsk 2017-yilda eng qimmat deya topilgan yeguliklar haqida ma’lumot to‘plab taqdim etdi.
Matsutake qo‘ziqorinlari. Narxi 1000 dollar
Ushbu qo‘ziqorinlar — dunyodagi eng noyob qo‘ziqorin turlaridan biriga mansub. Ular faqatgina Xitoy, Yaponiya, Koreya, Finlyandiya va AQShda o‘sadi.
Westin Hotel Bagel beygli. Narxi: 1000 dollar
Bosh oshpaz Frenk Tuajey tomonidan o‘ylab topilgan dunyodagi eng qimmat beygl. Bunga sabab unga haqiqiy tryufellarning ishlatilishi.
Qisqichbaqali frittata. Narxi: 1000 dollar
Qisqichbaqali frittata Le Parker Meridian mehmonxonasidagi (Nyu-York) Normans restoranining maxsus taomi. Frittata omarlar ustida va qora uvildiriq bilan birga taqdim etiladi.
Craftsteak Wagyu baliq steyki. Narxi: 2800 dollar
Taomning qimmatligi unga ishlatiladigan mol go‘shtining yuqori sifati bilan izohlanadi. Ushbu mollar yuqori sifatli o‘t va pivo bilan oziqlanadi, ular hatto massaj ham qilinadi.
Samundari Khazana karrisi. Narxi: 3200 dollar
Londondagi Bombay Brasserie restorani taqdim etadigan Samundari Khazana tarkibida oq tryufel, shotland qisqichbaqasi, beluga uvildirig‘i va iste’molga yaroqli oltin mavjud.
Royale pitssasi. Narxi: 4200 dollar
Domeniko Krolla — dunyodagi eng qimmat pitssalar muallifi va bosh oshpaz. U o‘z pitssalarini tayyorlashda Fransiyaning qimmat brendisiga solib qo‘yilgan qisqichbaqalardan, quritilgan shotland balig‘i va bug‘u medalyonlaridan foydalanadi.
Densuke qora tarvuzi: 6000 dollar
Ushbu tarvuz odatdagi tarvuzlardan ancha shirin, biroq u ko‘p hosil bermaydi. Buning ustiga u faqatgina Yaponiyaning Xokkaydo orolida o‘sadi.
Yubari qirollik qovuni. Narxi 12 000 dollar
U ham qora tarvuz kabi noyob hisoblanadi. Sariq rangli qovun ham Yaponiyada yetishtiriladi.
Izoh (0)