Pekinning Vector Architects studiyasi shakarqamishdan shakar ishlab chiqargan, 1960-yillarga tegishli tashlandiq kompleksni zamonaviy mehmonxonaga aylantirdi. Bu yerdagi mavjud sanoat me’morchiligi binolari tosh va bambuk konstruksiyalaridan iborat og‘ir tuzilmalar bilan to‘ldirildi, deb xabar berdi TJournal.
Biz qurilishda eski tosh tuzilmalar va devor qoplamalarini saqlab qolgan holda ancha zamonaviy usullar va materiallardan foydalanmoqdamiz.Sobiq sanoat majmui tarkibidan mehmonxonaga qo‘shimcha ravishda, kompleks markazining suv bosgan maydoni va hovuz atrofidan kafe, bar, ko‘p maqsadli zal, galereya va kutubxona o‘rin oladi.Vector Architects
Barcha interyerlar eski va yangi inshootning o‘zaro mutanosibligini namoyish etishga qaratilgan. Tabiiy yoritish va ventilyatsiyani maqsadli va butun bloklarni birlashtirish asosida yaratilgan perforatsiyalangan ekranlar ta’minlaydi.
Alila Yangshuo mehmonxonasi Guansining sayyohlarga boy hududida joylashgan. Kompleksning eng katta binosida tog‘ peyzajlarini tomosha qilishga mo‘ljallangan ayvonlar mavjud.
Izoh (0)