Maksim Galkinning Instagram’dagi so‘nggi postlaridan biri oila mavzusiga bag‘ishlandi, deb xabar beradi 7MedNews.

Foto: “Hello.ru”

41 yoshli teleboshlovchi mazkur video postda egizak farzandlari nonushtagacha nima bilan mashg‘ulligi va nima haqda so‘zlashayotgani aks etgan.

Muxlislar videoda to‘rt yoshli bolalar Maksim Galkinni qay tarzda ishga kuzatishining ham guvohi bo‘ldi. Bundan tashqari, Galkin va Pugachyovaning qizi Yelizavetaning otasi uchun o‘qib bergan she’ri internet foydalanuvchilarini ta’sirlantirdi.

Bu vaqtda 68 yoshli Alla Pugachyova uyda yo‘q edi. Taxmin qilinishicha, bu vaqtda u syomka ishlari band edi.

Xabarda qayd etilishicha, Pugachyova oilasining aksariyat muxlislari Galkinning tongni farzandlari bilan boshlashiga ijobiy munosabat bildirgan.