O‘zbekistonlik elektrik nohalol ish beruvchisi haqida barchaga aytib berish maqsadida YouTube’da kanal ochdi. Mana uch oydirki u adolatni tiklashga va buyurtmachidan tegishli pulni olishga urinmoqda, deb xabar beradi 1News.
U syomkani e’tiroz ramzi o‘laroq qulflab tashlangan kvartiradan olib bordi.
“Hozir meni ko‘chaga haydab chiqarishmoqchi, hech kimim yo‘q, tanishlar bor, ammo ularni oldindan ogohlantirish kerak”, — deb vaziyatga izoh beradi Muzaffar Xo‘jamyorov.
Ma’lum bo‘lishicha, uch kunlik “mudofaa”dan so‘ng u baribir kvartiradan quvib chiqarilgan, va’da qilingan maosh esa berilmagan.
“360” telekanali u haqda maxsus videolavha tayyorladi.
Izoh (0)