Samsung Galaxy S9 va S9+ smartfonlarining yangi renderlari paydo bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Ularga qaraganda, 2018-yilgi flagmanda barmoq izi skaneri Galaxy S9 dagi bittalik yoki S9+ dagi qo‘sh kamera pastiga joylashtiriladi. Shuningdek, tasvirlardan ma’lum bo‘lishicha, ikkala model ham turli-tuman ranglarda, shu jumladan, Midnight Black, Silver Titanium, Orchid Grey, Ocean Blue va Maple Gold tuslarida chiqariladi.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, Galaxy S9 da 5,8 dyuymli Super AMOLED ekran, Exynos 9810 chipi, 4 Gb / 6 Gb tezkor va 64 Gb / 128 Gb doimiy xotira bo‘ladi. Taxminlarga ko‘ra, Samsung yangi flagmanini 2018-yil 26-fevralda Barselonada ochiladigan MWC 2018 konferensiyasida taqdim etadi.