O‘zbekistonlik charm qo‘lqop ustasi Rustam To‘laganov navbatdagi jangini 2018-yilning 13-yanvar kuni o‘tkazadi, deb yozdi “Olamsport”. Bu uning professional ringdagi ikkinchi jangi bo‘ladi.

Foto: “Olamsport”

AQSh mezbonligida o‘tadigan jangda To‘laganovga amerikalik Martez MakGregor raqiblik qiladi. Mazkur charm qo‘lqop ustasi prof ringda jami 5 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, shularning 4 tasida raqiblarini taslim etishga muvaffaq bo‘lgan. Yana 1 tasida esa imkoniyatni boy bergan.

Rustam To‘laganov AQShdagi ilk jangida ham amerikalikka qarshi ringga chiqqan bo‘lib, yakunda Robert Guerrani taslim qilishga erishgandi. Qayd etish kerak, u Rio—2016 Olimpiadasini bronza medali bilan yakunlagandi.