Yozuvchi Rayan Xolidey 20 yoshlilar uchun 30 yoshda boy berilgan imkoniyatlardan pushaymon bo‘lmaslik uchun qanday yashash kerakligi haqida o‘z maslahatlari bilan o‘rtoqlashdi.

Foto: “Layfxaker”

Sizga ko‘proq pul olib keladiganini emas, balki sizga biron nimani o‘rgatadiganini tanlang

Hamma lavozim takliflarini shu nuqtai nazar bilan baholang. Pulni har qanday ishda topish mumkin, lekin haqiqatan ham nimadir o‘rganish, yangi tajriba orttirish va yaxshiroq bo‘lish ancha qiyinroq.

Arzimagan ishlar bilan shug‘ullanmang

Katta yutuqlar kamdan-kam hollarda qisqa muddatli mehnatning samarasi bo‘ladi.  Odatda ularning ustida kundan-kunga tirishqoqlik bilan ishlash kerak. Bunday qilish uchun esa, vaqtni arzimagan ishlarga sarflamaslik kerak. 30 yil — bu juda ko‘p. Hatto bir yil — bu juda ko‘p. Bu vaqt ichida ko‘p narsalarga erishish mumkin. Har kuni kechagidan ko‘ra biroz ko‘proq ish qiling.

Uzoq muddatli munosabatlarga ega bo‘ling

Albatta, munosabatlar — bu doimiy urinishlar. Ba’zan sizga juda qiyin va azobli bo‘ladi. Munosabatlar sehrli tarzda o‘zingizga mukammal mos tushadigan odamni uchratganingiz uchun emas, balki o‘zingiz harakat qilganingiz uchungina juda yaxshi bo‘ladi.

Toksik odamlardan qoching

Biz kim bilan muloqot qilsak, ularga o‘xshab boramiz. Biz atrofdagilarimiz safiga qo‘shilib qolamiz, do‘stlar va tanishlarni tanlashda buni hisobga oling. Toksik odamlar bilan munosabatlaringizni uzing.

Kundalik yuriting

Orqaga nazar tashlash uchun emas, balki hozir nima qilayotganingiz haqida o‘ylashga o‘zingizni majbur qilish uchun kundalik yuriting.

Shoshilinch qarorlar qabul qilmang

Qo‘rqqanimizda, ikkilanganimizda, nima xohlayotganimizni bilmaganimizda biz unchalik yaxshi bo‘lmagan qarorlar qabul qilamiz. Keyin pushaymon bo‘lmaslik uchun shoshilmang, har tomonlama o‘ylab ko‘ring va keyin qaror qiling.

Manba: “Layfxaker”