Juda yomon voqea sodir bo‘ldi: sizda internet ishlamay qoldi. Buning sabablari juda ko‘p bo‘lishi mumkin: provayderning nimasidir buzilgan yoki o‘z vaqtida to‘lashni unutgansiz yoki boshqalar.

Foto: Shutterstock

Quyidagi 15 ish sizga vaqtni qisqartirishga va hatto yangi malakalar olishga yordam beradi.

  1. Kitob shkafida taftish o‘tkazing. Kitoblarni alifbo bo‘yicha joylashtirib chiqing, varaqlang, birontasini o‘qishni boshlang.
  2. Yig‘ishtiring. Balki oshxonada yuvuqsiz idishlar to‘planib qolgandir, hamma joyni chang bosgandir.
  3. O‘z fikrlaringizni yozing. Kelgusi oy uchun reja tuzing, birinchi millionni nimaga sarflash haqida xayol suring.
  4. Vaqtingizni uy hayvonlari bilan o‘tkazing.
  5. Uxlang. Uyqu ham seriallar kabi qiziqarli bo‘ladi.
  6. Do‘stlaringizga qo‘ng‘iroq qiling.
  7. Qarindoshlaringizga qo‘ng‘iroq qiling. Nafaqat ota-onangiz bilan, balki bobo, buvingiz bilan ham gaplashing.
  8. Biron nimani tuzating. Balki sizda oyog‘i singan stul bo‘lishi mumkin.
  9. Balkonni yig‘ishtiring. Ko‘pchilik uni eski va keraksiz narsalarni saqlaydigan ombor sifatida ishlatadi. U yerga qarashga va hamma lash-lushlarni tashlab yuborishga o‘zingizda kuch toping.
  10. Musiqa asbobini chaling. Fortepyano, gitara, garmoshka, yog‘och qoshiqlar — deyarli har bir uyda bularning birontasi albatta topiladi.
  11. Sayr qiling. Smartfonsiz va cheksiz xabarlarsiz sayr qilishning gashti o‘zgacha bo‘ladi.
  12. Muzeyga boring. Muzeyda ham juda ko‘p yangi ma’lumotlarni bilib olishingiz mumkin.
  13. Kinoga tushing. Katta ekran qarshisida va popkorn bilan maza qilib yangi filmni tomosha qiling.
  14. Stol o‘yinlari kechasini tashkil qiling. Hayron bo‘lmang, lekin ko‘pchilik do‘stlaringiz va tanishlaringiz kelib o‘ynashga rozi bo‘ladi!
  15. Sport bilan shug‘ullaning. Mashq qilish, yugurish bilan— tanangizni his qilasiz, uni uyg‘otasiz.

Esingizda tuting: vaqtincha ma’lumotlar oqimidan chiqish va haqiqiylik bilan yolg‘iz qolish hech qo‘rqinchli emas.

Manba: Trendymen