O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi. Bu haqda xonandaning matbuot kotibi jurnalist Feruz Muhammadga ma’lum qildi.

Foto: Google Photos

O‘zbekiston Konstitutsiyasining 25 yillik shodiyonalari arafasida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Hosila Rahimova Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlandi.

Ma’lumot uchun, Hosila Rahimova 2008-yilda  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist unvoni bilan taqdirlangan edi.