Hayotda sizga doim kerak bo‘ladigan shunday narsalar borki, ularga ega bo‘lish uchun juda ko‘p vaqt, kuch va tirishqoqlik talab etiladi. Quyida keltirilgan 5 ko‘nikmani o‘stirish qiyin, lekin ular siz uchun juda zarur.

Foto: “Layfxaker”

  1. Boshqalarning qayg‘usiga sherik bo‘lish

Empatiya — ko‘pchilik unutib qo‘yadigan eng asosiy insoniylik fazilatlaridan biri hisoblanadi. Bu boshqa odam his qilayotganlarini tushuna olishdir. Aynan empatiya oddiy mutaxassislarni odamlar bilan ishlaydigan birinchi darajaliga aylantiradi, xodimlarni jamoa bo‘lishga undaydi, g‘amginlikni yengishga va ish haqiga emas, balki biron bir kattaroq orzuga intilishga yordam beradi.

  1. Uyquga to‘yish

Kun tartibini ishlab chiqish juda muhim, bu uyqungiz sifatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Belgilangan tartibga rioya qilsangiz, uxlashingiz ham, uyg‘onishingiz ham osonroq bo‘ladi va yaxshi uxlaysiz.

            3. Vaqtni rejalashtirish

Vaqtni to‘g‘ri taqsimlash ayniqsa hozir juda qadrlanadi. Afsuski, bitta universal taym-menejment uslubi yo‘q. O‘zingizga mos keladiganini topishga va bunga rioya qilishga harakat qiling.

            4. Yordam so‘rash

Sizga qachon yordam kerakligini va uni so‘rashni tushunishga o‘rganish juda qiyin, chunki hech kim zaif yoki yaxshi bilmaydigan bo‘lib ko‘rinishni istamaydi. Lekin olimlarning ma’lumotlariga ko‘ra, bunday iltimos bizni xodimlar ko‘zi oldida ishonchliroq qilib ko‘rsatar ekan.

Biron bir odamdan yordam so‘rash bilan biz uning bilimi va tajribasini tan olamiz, uning ixlosini qozonamiz.

           5. Izchil bo‘lish

Har qanday ishda muvaffaqiyatga erishish uchun izchillik zarur. Bu, siz nimaga intilishingizdan qat’i nazar, hammasiga tegishli: sport bilan shug‘ullanish, nimanidir o‘rganish yoki muhim loyihani tamomlash.

Odamlar ko‘pincha belgilangan bir darajaga yetganidan keyin kuch sarflashni to‘xtatadi. Lekin uni tutib turish uchun yanada tirishqoqlik bilan ishlash va izchil bo‘lish kerak.

Manba: “Layfxaker”