To‘q ko‘kimtir-sarg‘ish piton Myanma, Sharqiy Hindiston, Nepal, Vyetnam va yana bir nechta Janubi-Sharqiy Osiyo mamlakatlarida yashaydi, deb yozadi National Geographic.
Uzunligi o‘rtacha 3,7 metrga yetadigan piton sayyoraning eng yirik ilonlari beshtaligiga kiradi.
Ba’zan ko‘kimtir-sarg‘ish pitonlar orasida to‘rt metrli bahaybat ilonlar ham uchraydi. Biroq pitonlar tasodifan kelib qolgan Floridada ularning uzunligi rekord darajagacha o‘sib ketadi.
Yaqinda Floridada uzunligi rekord darajada bo‘lgan piton o‘ldirildi.