Rossiyalik milliarder, USM Holdings egasi Alisher Usmonov “YuTV” televizion xoldingidagi ulushini sotmoqda. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Aytilishicha, xaridor — “Megafon” kompaniyasining sobiq bosh direktori Ivan Tavrin.

Kelishuv natijasida Tavrin “Noviy Media Xolding” MChJning 58,29 foizlik ulushini sotib oladi va xoldingning 100 foiziga egalik qiladi.

“YuTV” xoldingi “Yu”, “Muz-TV” va Disney telekanallariga egalik qiladi. Shuningdek, kompaniyaga “STS Media” xoldingining 75 foizi tegishli, o‘z navbatida, bu xolding aktivlari qatoriga “STS”, “Domashniy”, “Che” va CTC Love telekanallari kiradi.