Zamonaviy dunyoda texnologiyalar shiddatli sur’atlarda rivojlanmoqda. Bunga ishonch hosil qilish uchun bir necha yil avval chiqqan filmlarni ko‘rish kifoya.

Kelajak qanday g‘aroyib g‘oyalarni olib kelishini hech kim bilmaydi, biroq qaysi qurilmalar yaqin vaqt ichida eskirishini bemalol fahmlash mumkin. InsiderPro nashri kelasi o‘n yillikda biz foydalanmay qo‘yishimiz ehtimoli katta bo‘lgan buyumlar ro‘yxatini keltiradi.

Bosma jurnallar...

Foto: InsiderPro

Yaqinda Teen Vogue va Nylon bosma versiyalarini chiqarishni to‘xtatdi. Bundan buyon ular faqat onlayn nashrlardir. Boshqa jurnallar ham ularga ergashadigan ko‘rinadi.

... va gazetalar

Foto: InsiderPro

Gazetalarni ham jurnallar qismati kutmoqda.

Raqamli kameralar

Foto: InsiderPro

Smartfonlar endilikda yuqori aniqlikdagi foto va video olish imkoniga ega ekanligi tufayli beo‘xshov raqamli kameralar asta-sekin foydalanishdan chiqadi.

Qattiq disklar

Foto: InsiderPro

Hamma yaqin vaqt ichida ma’lumotlarni “bulut”da saqlay boshlaydi va ma’lumotlarni yozib olish qurilmalariga ehtiyoj yo‘qoladi.

Fleshkalar

Foto: InsiderPro

Fleshkadagi ma’lumotlarni bir kompyuterdan boshqasiga o‘tkazish qulay, biroq bulutli hisoblash texnologiyalarining rivojlanib borishi bilan hech narsani o‘tkazish zarurati yuzaga kelmaydi.

Qog‘oz xaritalar

Foto: InsiderPro

Google Maps kabi dasturlar bilan qog‘oz xaritalarga bo‘lgan ehtiyoj yaqinda butunlay yo‘qoladi.

GPS-navigatorlar

Foto: InsiderPro

GPS-navigatorlar haqida ham xuddi shularni aytish mumkin. Telefonlar nafaqat bu vazifani ajoyib tarzda uddalaydi, balki boshqa ko‘plab qo‘shimcha funksiyalarga ham ega.

Qog‘oz hujjatlar

Foto: InsiderPro

Google Docs’ning rivojlanishi va raqamli imzolarning tarqala borishi bilan shartnoma, retseptlar va boshqa hujjatlar ortiq qog‘oz shaklda bo‘lmaydi.

Fakslar

Foto: InsiderPro

Fakslar ham allaqachon yo‘qolishi kerak edi. Qog‘oz hujjatlar bilan birga raqamli asrning ushbu dinozavrlari ham yo‘qoladi.

Kompakt-disklar

Foto: InsiderPro

Bugun odamlar juda kamdan-kam holatlarda musiqani xarid qiladi, ayniqsa jismoniy tashuvchilarda. Kompakt-disklar o‘rnini uzluksiz servislar egallaydi.

DVD va Blu-ray pleyerlar

Foto: InsiderPro

Videolarni uzluksiz uzatish servislari DVD va Blu-ray pleyerlarini chang to‘plagichlarga aylantiradi.

Hisoblarni pochta orqali olish

Foto: InsiderPro

Onlayn to‘lovlar va dasturlarning rivojlanib borishi tufayli hisoblarni pochta orqali olish ham o‘tmishda qolmoqda. Yaqin vaqt ichida barcha hisoblarni kompyuter yoki telefon yordamida to‘lashingiz mumkin bo‘ladi.

Kalkulyatorlar

Foto: InsiderPro

Smartfonlarning aksariyati kalkulyatorlarga ega, shuning uchun birgina vazifani bajaruvchi bunday beo‘xsho‘v qurilma ham yaqinda g‘oyib bo‘ladi.

Budilniklar

Foto: InsiderPro

Yana smartfonlar birinchi planga chiqmoqda. Ularda budilnikdan tashqari, taymer va sekundomer ham bor.

Soatlar

Foto: InsiderPro

Aqlli soatlar hozircha smartfonlar bilan raqobatlashishga tayyor emas, biroq bu kabi soatlar funksiyasini bemalol bajara oladi.

Shahar telefoni

Foto: InsiderPro

Shahar telefonlaridan borgan sari kamroq odam foydalanmoqda — ularni mobil aloqa siqib chiqardi. Ular biror joyda qolsa ham, bu katta avlod uylari bo‘ladi.

Taksofonlar

Foto: InsiderPro

Mobil aloqa taraqqiyotining yana bir qurboni. Aksariyat yoshlar ulardan biror marta ham foydalanmagan — foydalanmasa ham kerak.

Smartfonlardagi tugmalar

Foto: InsiderPro

2017-yilning 3-noyabrida taqdim etilgan iPhoneX Apple’ning “Uyga” tugmasi bo‘lmagan birinchi smartfoniga aylandi. Ba’zi androidofonlar allaqachon ulardan xalos bo‘lgan.

Ma’lumotlar beradigan yordamchi adabiyot

Foto: InsiderPro

Doim foydalanish mumkin bo‘lgan internet bilan lug‘at va ensiklopediyalarga bo‘lgan ehtiyoj ham asta-sekin yo‘qqa chiqadi.

Chek kitobchalari

Foto: InsiderPro

Onlayn-banking va Apple Pay innovatsiyalari tufayli chek kitobchalari ham o‘tmish sarqitiga aylandi.

Parollar

Foto: InsiderPro

Apple joriy yilda FaceID’ni (foydalanuvchi yuzini tanish tizimi) taqdim etdi, shunga o‘xshash texnologiya Microsoft’da 2015-yilda paydo bo‘lgan edi. Harflar, raqamlar va maxsus belgilardan iborat parollarni unuting — biometrik parollar me’yorga aylanadi.

Boshqaruv pultlari

Foto: InsiderPro

Kelajakda masofadan boshqarish pultlarini qidirishingiz va ular batareykalarini almashtirishingiz kerak bo‘lmaydi: qurilmalar ovoz buyruqlari va smartfonlardan berilgan buyruqlarni tanishni o‘rganadi.

Simli naushniklar

Foto: InsiderPro

Apple AirPods va Bluetooth-naushniklar paydo bo‘lishi bilan mini-jack ulagichlarining sanoqli kuni qoldi.

Simli zaryad qurilmalari

Foto: InsiderPro

Yaqin vaqtda simsiz zaryad qurilmalari ular o‘rnini egallaydi.

Avtomobillar to‘xtash joyi hisoblagichlari

Foto: InsiderPro

Parkomatlar ham o‘tmishda qoladi, chunki to‘xtash joyi uchun dastur yordamida to‘lash mumkin bo‘ladi.

Yetkazib berish xizmati

Foto: InsiderPro

Amerikada yetkazib berish xizmati asta-sekin yo‘qolmoqda. 2016-yilda Oq uy yaqin vaqt ichida 3,1 million haydovchi o‘z ishini yo‘qotishini ma’lum qilgan edi. Bugungi kundayoq Amazon Prime Air xizmati uchuvchisiz uchar qurilmalar yordamida 30 daqiqadan kam vaqt ichida posilkalarni xaridorlarga yetkazmoqda.

Avtomobil kaliti

Foto: InsiderPro

BMW’da allaqachon avtomobilni smartfon yordamida ochish imkonini beruvchi dastur bor. Kompaniya sentabrda kalitlardan butunlay voz kechish va ularni mobil telefonlar uchun dasturlar bilan almashtirish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganligini ma’lum qildi.

Sayyohlik agentligi

Foto: InsiderPro

Sayyohlik agentliklari soni asta-sekin qisqarmoqda. Inson ishtiroki bronlash jarayonini osonlashtirsa ham internet qulayliklari kompaniya faoliyat doirasini qisqartirmoqda.

Darsliklar

Foto: InsiderPro

Qog‘oz darsliklar ishlab chiqarishda juda qimmat, qolaversa og‘ir ham. Yangi kashfiyotlar tufayli ular bir necha yil ichida eskirib qolishi haqida gapirmasa ham bo‘ladi. Scholastic ma’lumotiga ko‘ra, oliy ta’lim asta-sekin elektron o‘quv materiallariga o‘tmoqda.

Qog‘oz retseptlar

Foto: InsiderPro

Ko‘pchilik shifokorlar allaqachon ko‘rsatmalar va tekshiruv natijalarini elektron pochtaga yubormoqda, shuning uchun bu sohada ham yangi texnologiyalarni uzoq kutishga to‘g‘ri kelmaydi.