“VKontakte” ijtimoiy tarmog‘i va Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov bitkoinga investitsiya kiritib, 35 million dolar daromad ko‘rganini aytib berdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar qilmoqda.
Durov to‘rt yil muqaddam 1,5 million dollarga bitkoin paketini sotib olganini ma’lum qildi. Shu paytga qadar ushbu paket narxi 35 million dollarga ko‘tarildi.
Shuningdek, Telegram asoschisi bitkoinning kelajagiga ishonishini ma’lum qildi. U kriptovalyutani “raqamli oltin” deb atadi.