10-dekabr kuni Nukus shahridagi markaziy Otchopar maydonida qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni va “Hosil bayrami” nishonlandi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.
Bayram tadbiri davomida Prezident nomidan 15 ta tuman qishloq va suv xo‘jaligi bo‘limlari boshliqlariga Nexia Ravon rusumli xizmat avtomashinalari tantanali ravishda topshirildi.
Shuningdek, bayram tadbirlari sayl sifatida ham o‘tkazildi. Qora uylar (o‘tov) tikildi, ovqatlanish uchun maxsus chodirlar qurildi hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkalari, milliy ko‘rgazmalari tashkil etildi. Taniqli xonandalar ishtirokida konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Bayram dasturi doirasi milliy o‘yinlar va sport musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa g‘oliblariga qimmatbaho sovg‘alar, jumladan, Matiz avtomashinasi topshirildi.