12-dekabr kuni Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekovning rasmiy tashrifi arafasida Toshkent shahrida O‘zbekiston – Qirg‘iziston davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston va Qirg‘iziston hukumatlari delegatsiyalari ishchi guruhlarining to‘rt kunlik uchrashuvi yakunlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuv doirasida 5-sentabrdagi davlat chegarasi to‘g‘risidagi shartnomaga kirmagan O‘zbekiston – Qirg‘iziston chegara uchastkalarini tavsiflash bo‘yicha ishlar davom etdi.
Izoh (0)