Kiyevning Pecherskiy tumani sudi Odessa viloyatining sobiq gubernatori Mixail Saakashvilini uy qamog‘iga joylashtirishni rad etdi. Shu tariqa, ayblov tomonining talabi to‘liq inkor qilindi, deya xabar beradi “RBK”.
“Mixail Saakashvili uchun uy qamog‘i tariqasida ehtiyot chorasi qo‘llash haqidagi talabnoma qondirilishi rad etiladi”, — dedi sudya Larisa Sokol.
Sudya qarorning to‘liq matnini e’lon qilishni 14-dekabrga belgiladi. Ayblovda mazkur qaror ustidan shikoyat qilish uchun 2 kun muhlat bor.