Netflix kompaniyasining “Juda g‘alati ishlar” hamda HBO telekanalining “Taxtlar o‘yini” seriallari “eng yaxshi dramatik serial” nominatsiyasi uchun kurashmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.

Foto: HBO

Bundan tashqari, ularning raqiblari qatorida yana o‘sha Netflix kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan “Toj”, Hulu kompaniyasining “Xizmatkor hikoyasi” hamda NBC telekanalining “Bu biz” serillari bor.

Taqdirlash marosimi 7-yanvar kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.