Gollivud rejissori Stiven Spilbergning Ernst Klayn romani asosida suratga olingan “Birinchi o‘yinchi tayyorlansin” filmining ilk treyleri e’lon qilindi, deb xabar beradi TJournal.

Foto: “YouTube”

Film voqealari 21-asrning o‘rtalarida yuz beradi. Syujet bo‘yicha jahon iqtisodiyoti chuqur inqirozga yuz tutadi. Insonlar OASIS virtual o‘yinlar olamida vaqt o‘tkazishni ma’qul ko‘radi. Virtual olam yaratuvchisi birinchi bo‘lib raqamli pasxa tuxumini topgan o‘yinchiga bir necha milliard dollarni vasiyat qilib qoldiradi.

Film jahon bo‘ylab namoyishi 2018-yil 28-mart kuni bo‘lib o‘tadi. Rossiyadagi namoyishi esa 29-martga mo‘ljallangan.