Italiya A seriyasining 16-turida yetakchi to‘rt klubning birortasi ham gol ura olmadi. Avvaliga “Yuventus” va “Inter” o‘zaro durang o‘ynagan bo‘lsa, keyinroq “Roma” va “Napoli” ham golsiz duranglarga imzo chekdi.
Mag‘lubiyatsiz kelayotgan “Inter”ni so‘nggi besh yillik chempioni “Yuventus” ham taslim eta olmadi
Turin hamda Milan klublarining ochko yo‘qotishidan “Roma” va “Napoli”ning foydalanib qolishi kutilgandi. Neapollik futbolchilar o‘z maydonida “Fiorentina” darvozasiga yo‘l topa olmagan bo‘lsa, rimlik futbolchilar “Kyevo” uyida 2 ochko yo‘qotdi.Jennaro Gattuzo boshchilik qilayotgan “Milan” esa mazkur murabbiy bilan ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi. Bungacha milanlik futbolchilar ketma-ket 14 ta o‘yinda mag‘lub bo‘lib, kuchli beshlik antirekordini yangilagan jamoa bilan durang o‘ynagan, ketidan Yevropa Ligasining so‘nggi turida muvaffaqiyatsiz o‘yin o‘tkazgandi.
Bugun Rimning boshqa bir klubi “Latsio”da hamshahriga yetib olish uchun yaxshi imkoniyat bor. Bu yo‘lda jamoa Turin klubini taslim etishi kerak bo‘ladi.
Italiya A seriyasi 16-tur o‘yinlari 10-dekabr, yakshanba
“Kyevo” — “Roma” 0:0
“Napoli” — “Fiorentina” 0:0
“Milan” — “Bolonya” 2:1
Gollar: Jakomo Bonaventura, 10 (1:0). Simone Verdi, 23 (1:1). Jakomo Bonaventura, 76 (2:1).11-dekabr, dushanba“Jenoa” — “Atalanta” 22:00“Latsio” — “Torino” 01:00 Sport-TV
Izoh (0)