Millioner bo‘lishga hozircha erishmagan bo‘lsangiz ham, hech bo‘lmaganda millionerdek nonushta qilishingiz mumkin. Barcha zarur mahsulotlar oshxonangizda topilsa kerak.

Olimlar nonushta kun davomida ovqatlanishning eng muhim qismi ekanligi to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini hal qilganicha yo‘q. Shunga qaramasdan, muvaffaqiyatli insonlarning mutlaqo ko‘pchiligi tig‘iz grafiklaridan tonggi taom uchun vaqt ajratishga harakat qiladi, deb yozadi InsiderPro nashri.

Xo‘sh, ular nonushtaga nima tanovul qiladi?

Richard Brenson, Virgin Group asoschisi, tongda myusli va mevali salatni afzal ko‘radi. U har doim oilasi bilan nonushta qilishga intiladi.

Foto: InsiderPro

Popeyes bosh direktori Sheril Bakelderning tonggi ovqati u qayerda ekanligiga bog‘liq: uyda yanchilgan bug‘doydan bo‘tqa, sayohatda esa bekon, quymoq va tostlarni ma’qul ko‘radi. Va albatta qahva.

Foto: InsiderPro

Qo‘shiqchi va aktyor Jastin Timberleyk Bon Appetit nashriga tonggi mashg‘ulotlaridan avval qovurilgan tuxum, shuningdek, zig‘ir uni va bodom moyidan vafli iste’mol qilishini hikoya qiladi.

Foto: InsiderPro

Twitter rahbari Jek Dorsining nonushtasi — soya qaylali ikki dona qaynatilgan tuxum.

Foto: InsiderPro

Chicago Tribune ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Donald Tramp to‘q tutadigan nonushtalarni yoqtirmaydi — biroq ba’zan bekonli tuxum bilan tamaddi qilishi mumkin. Fox News’ga bergan yana bir intervyusida to‘g‘ri Ayyova dalasidan keltirilgan makkajo‘xori bodrog‘ini xush ko‘rishini ma’lum qilgan. Bundan tashqari, uning sobiq tansoqchisi Kit Shillerning so‘zlariga qaraganda, ba’zan uning boshlig‘i unga tuxum bilan MakMaffin keltirishni so‘ragan.

Foto: InsiderPro

Tok-shou boshlovchisi Kelli Ripa Live with Kelly and Ryan dasturini yakunlagandan so‘ng yogurt va granola tanovul qiladi. Ungacha esa quyuq kapuchino yoki katta latte ichadi.

Foto: InsiderPro

Amazon rahbari Jeff Bezos oxirgi intervyularidan birida avval nonushtaga bir pachka Pillsbury pechenyesi yeganligi, biroq rafiqasi uning tarkibini o‘qishni taklif qilgandan so‘ng bu odatdan voz kechganligini ma’lum qiladi. Biznesmen tongni oilasi bilan o‘tkazishni afzal ko‘radi va bu paytga ish bo‘yicha uchrashuvlar tayinlamaydi.

Foto: InsiderPro

Intuit bosh direktori Bred Smit tonggi mashg‘ulotdan so‘ng oqsilli kokteyl ichadi, shundan so‘ng ofisga yo‘l oladi.

Foto: InsiderPro

AQSh prezidentining qizi Ivanka Tramp “MyMorningRoutine.com” nashriga oilasidagi odatiy nonushta haqida hikoya qiladi. Bolalar zerikib qolmasligi uchun ular mevali grek yogurti yoki turli qo‘shimchalar, masalan, chia urug‘i, o‘rmon mevalari, godji mevalari, dolchin, grek yong‘og‘i yoki bodomli suli yormasi tanovul qiladi. Bundan tashqari, u nonushtadan so‘ng limonli suv va qahva ichadi.

Foto: InsiderPro

Milliarder va Berkshire Hathaway rahbari Uorren Baffett nonushtaga nima tanovul qilishi fond bozoridagi vaziyatga bog‘liq. Business Insider’ning yozishicha, har tong uning rafiqasi Astrid mashinasi stakandoniga mayda pullar solib qo‘yadi. Uorren unda qancha yig‘ilganligiga qarab, 2,95 yoki 2,61 dollar, tuxum yo pishloqli MakMaffin yoki biror-bir arzonroq gamburger xarid qilishi mumkin. 3,17 dollarga esa yayrashi mumkin: bu pulga u tuxum, bekon va pishloqli biskvit sotib oladi. Agar uning ishlari juda yaxshi ketayotgan bo‘lsa, u McDonald’s menyusidan qimmatroq narsa tanlashi mumkin.

Foto: InsiderPro

Microsoft asoschisi Bill Geyts Betsy Lane o‘rta maktabi talabalariga intervyusida nonushtaga qarsildoq shokolad sharchalarini yeyishini ma’lum qilgan, biroq uning rafiqasi Melinda u odatda nonushtani o‘tkazib yuborishini ta’kidlaydi.

Foto: InsiderPro

Google bosh direktori Sundar Pichay har kuni tongda bir finjon choy ichishdek “juda inglizcha” odati borligini ma’lum qiladi. Bundan tashqari, u odatda quymoq yeydi.

Foto: InsiderPro

Germaniya kansleri Angela Merkel doim turmush o‘rtog‘i kimyo professori Yoaxim Zauer bilan nonushta qiladi. U odatda ovqatlanish davomida Merkelni siyosiy muammolari haqida savolga tutadi.

Foto: InsiderPro

Tesla va SpaceX rahbari Ilon Mask odatda nonushta qilmaydi, biroq tongda ovqatlanishga vaqti bo‘lsa, bu odatda quymoq va qahva bo‘ladi.

Foto: InsiderPro

Rossiya prezidenti Vladimir Putin choshgohga yaqin katta quymoq yoki bedana tuxum bilan katta kosada bo‘tqa va mevali sharbat tanovul qiladi. Newsweek’ning ma’lum qilishicha, mahsulotlar unga muntazam Patriarx Kirill fermer xo‘jaliklaridan yuboriladi. Nonushtadan so‘ng Putin bir finjon qahva ichadi.

Foto: InsiderPro