Filippin prezidenti Rodrigo Duterte mamlakat parlamentidan janubiy provinsiyalarda favqulodda holatni yana bir yilga uzaytirishni so‘radi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Parlamentga yo‘llangan maktubda janubdagi favqulodda holatni 2018-yil oxiriga qadar uzaytirilishi qo‘shinlarga ekstremistik guruhlarni to‘la yo‘q qilish imkoniyatini berishi aytilgan.
Prezident, shuningdek, ekstremistlar Janubi-Sharqiy Osiyoda xalifalik yaratishga qaratilgan yangi isyonlar ko‘tarishi mumkinligini ta’kidladi.
Harbiy holat shu yili Mindanao provinsiyasida ko‘tarilgan qurolli isyon tufayli joriy etilgan edi.
Izoh (0)