Eron va Iroq chegarasida 5,6 magnitudali zilzila ro‘y berdi. Bu haqda, Yevropa O‘rta Yer seysmologiya markaziga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Silkinishlar Bag‘doddan 221 kilometr shimoli-sharqda qayd qilindi. Tabiiy ofat o‘chog‘i yer ostidan 46 kilometr chuqurdan o‘tdi.
Vayronaliklar va qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.
Izoh (0)