Chimkentning Respublika prospektidagi ko‘p qavatli uyda to‘rt kishi, jumladan, uch nafar voyaga yetmagan halok bo‘ldi. Bu haqda Kazakhstan Today xabar bermoqda.
Ularning jasadi 10-dekabr, yakshanba kuni 31-uyning to‘rtinchi qavatidan topilgan. Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli qizcha, 12 va 13 yoshli ikki o‘smir va ularning buvisi ham bor.
Qo‘shnilar va qarindoshlar bolalar va kattalarning uzoq vaqt ko‘rinmaganligidan tashvishga tushgan. Ular qutqaruvchilar va politsiyani chaqirgan.
Favqulodda vaziyatlar departamenti eshiklarni ochganda ularning jasadlarini topdi. Ular ikki—uch sutka avval halok bo‘lganligi taxmin qilinmoqda. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, ularning o‘limiga gaz sabab bo‘lishi mumkin. Surishtiruv olib borilmoqda.
Izoh (0)