Shimoliy Koreyada yadroviy qurol sinovlari o‘tkaziladigan poligon hududida yer silkinishlari qayd etildi. Ularning magnitudasi 2,4 va 2,9 ni tashkil etdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Ekspertlarning fikricha, silkinishlar tektonik tabiatga ega, lekin bu holat muqaddam o‘tkazilgan yadroviy sinovlar tufayli kelib chiqqani istisno qilinmayapti.
Kuchli atom portlashlaridan so‘ng yer po‘stlog‘ida siljish ro‘y beradi. Uning tiklanishiga ancha vaqt ketadi.
Izoh (0)