Livan poytaxti Bayrutda joylashgan AQSh elchixonasi oldida namoyishlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Elchixona Bayrut chetidagi Avkar shaharchasida joylashgan. Namoyishda livanliklar va shu yerda istiqomat qiluvchi falastinliklar jamoasi vakillari qatnashdi.
Namoyishchilar AQSh prezidenti Donald Trampning Quddusni Isroil poytaxti deb tan olish haqidagi qaroriga qarshi e’tiroz bildirish maqsadida to‘plandi.
Namoyish politsiya bilan to‘qnashuvlarga aylanib ketdi. Politsiya ko‘zni yoshlantiruvchi gaz va vodomyot ishlatgani ma’lum.
Necha kishi jabrlangani ma’lum qilinmayapti. Shuningdek, namoyishchilarning faollari qo‘lga olindi.
Izoh (0)