Italiya A seriyasining 16-turidan o‘rin olgan 5 ta uchrashuv Sport-TV kanalida namoyish etiladi.
Mazkur turning markaziy o‘yini Turinda bo‘lib o‘tadi. Shanba oqshomida A seriya peshqadami “Inter” “Yuventus”ga qarshi saf tortadi. Milanliklar bunga qadar birorta ham o‘yinda mag‘lub bo‘lmagan. Shunga qaramay, birgina g‘alaba “Yuventus”ni “Inter”dan oldinga o‘tkazib qo‘ya oladi.
O‘tgan turda Massimiliano Allegri jamoasi yana bir markaziy o‘yinda ishtirok etib, “Napoli”dan ustun kelgandi — 1:0. Buffon esa Neapolda gol o‘tkazmay, “Yuve”ning 20 yillik natijasini takrorlagandi. Italiyaning ketma-ket besh karra chempioni “Yuventus” endi “Inter”ni mahf etishga urinib ko‘radi.
Italiya A seriyasi 16-tur o‘yinlari 9-dekabr, shanba
“Yuventus” — “Inter” 00:45 Sport-TV
10-dekabr, yakshanba“Kyevo” — “Roma” 16:30 Sport-TV “Napoli” — “Fiorentina” 19:00 Sport-TV “Milan” — “Bolonya” 00:45 Sport-TV
11-dekabr, dushanba“Jenoa” — “Atalanta” 22:00“Latsio” — “Torino” 01:00 Sport-TV
Izoh (0)