Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvonsaroyida Konstitutsiya qabul qilingani hamda O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilganligining 25 yilligi munosabati bilan ochilgan hisobot ko‘rgazma yapon sumie rassomlik san’ati guruhi a’zolarining ijodiy izlanishlariga bag‘ishlandi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Badiiy akademiya, Ikuo Xirayama xalqaro madaniyat karvon saroyi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazmaga musavvirlar, san’atshunoslar, tasviriy san’at ixlosmandlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari taklif qilindi.

Sumie rassomlik san’ati Yaponiyaga XIV asrda kirib kelgan. Dastlab aslzoda va samuraylar o‘rgana boshlagan bu san’at “tushda chizaman” degan ma’noni anglatadi. Hozirgi kunda sumie san’atining ijodkorlari dunyo bo‘yicha ko‘pchilikni tashkil etadi.

Karvonsaroyda faoliyat ko‘rsatayotgan yapon sumie san’ati guruhining yigirmaga yaqin a’zosi bor.