Twitter Rossiya internet tadqiqotlari agentligi AQShning mahalliy yangiliklar manbalari niqobi ostida foydalanib kelgan akkauntlarini blokirovka qilishni boshladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Soxta profillar jami yarim milliondan ortiq obunachi to‘plagan. 100 dan ortiq yangiliklar nashrlari turli, jumladan, AQShdagi bo‘lajak saylovlarga oid materiallarni e’lon qilgan.

Mazkur hisob yozuvlari ijtimoiy tarmoq shubhaga borib to‘xtatib qo‘ygan 2752 akkauntning bir qismi hisoblanadi.

“Biz servisimiz xorijiy agentlar tomonidan AQShdagi prezidentlik saylovlariga ta’sir o‘tkazish va jamoatchilikning demokratiyaga ishonchiga putur yetkazish maqsadida noto‘g‘ri foydalanilgani haqidagi xabarlarga jiddiy qaraymiz. Biz bu bilan kurashamiz”, — deyiladi kompaniya bayonotida.