“Men sening otangman” nomli ko‘rgazma Shveysariyaning Iverdon shahrida “Yulduzlar jangi: So‘nggi jedaylar” taqdimoti arafasida ochildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.

Foto: “TASS”

Xabar berilishicha, “O‘zgalar uyi” nomli fantastika va utopiya muzeyiga tashrif buyuruvchilar boshi filmdagi har bir qahramonning yuzi bilan almashtirilgan Luvr muzeyidagi marmar haykallarning suratlarini tomosha qilishi mumkin.