Osiyo futbol konfederatsiyasi qit’a klublarining eng nufuzli musobaqasi bo‘lmish Osiyo Chempionlar Ligasi va undan keyingi o‘rinda turuvchi OFK Kubogi musobaqasining mukofot pullarini oshirdi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.
“Lokomotiv” Chempionlar Ligasida Qatarning eng kuchli klubi bilan bir guruhdan joy oldi
Bungacha OChLda g‘olib chiqqan jamoalar 3 million AQSh dollari olib kelayotgan bo‘lsa, endilikda g‘olib 4 millionga ega chiqadi. Finalda to‘p surgan jamoa esa 2 millionlik bo‘ladi. Qayd etish kerak, O‘zbekiston klublari shu vaqtga qadar finalga yetib bora olmagan. Hozirgacha “Paxtakor” va “Bunyodkor” klublariga 2 martadan yarim finalda to‘p surish baxti nasib qilgan.Tashkilot so‘zlariga ko‘ra, mukofot pullari borasida OChL faqatgina Yevropa Chempionlar Ligasidan ortda. Qolgan qit’a klublari o‘rtasidagi turnirlar bu borada Osiyo qit’asi bilan raqobatlasha olmaydi.
Kelasi mavsum OChLda “Lokomotiv”, “Nasaf” va “Paxtakor” kabi O‘zbekiston klublari ishtirok etadi. Agar ular guruh bosqichini muvaffaqiyatli bosib o‘tsa, 100 ming dollarga ega chiqadi. Avvallari bu ko‘rsatkich 80 mingni tashkil etardi.
Izoh (0)