Marvel studiyasi raqiblari kinoolamlar yaratishga urinmasligi lozim. Bu haqda studiya direktori Kevin Feyj Vanity Fair jurnaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi, deb xabar beradi “KinoNews.ru”.

Kevin Feyj. Foto: Google Photos

Uning fikricha, Marvel kinoolamidan o‘tkazib xayoliy olam yaratish ancha qiyin bo‘ladi, shu bois ular yakkaxon loyihalar ustida ko‘proq ishlashi lozim.

“Bu borada men berishim mumkin bo‘lgan yagona maslahat — kinoolam haqida o‘ylaman. Biz hech qachon bunday fikrlamaymiz. Biz shunchaki Temir odamga, Torga bag‘ishlangan yaxshi kino olishni rejalashtirgan edik, keyin esa bizda hech kim qilmagan ishni qilish — kinoolam yaratish imkoniyati tug‘ildi”, — dedi Feyj.

Bu bilan u DC Comics studiyasi vakillariga ishora qilgani taxmin qilinmoqda. Ma’lumki, ushbu studiya ham o‘z kinoolami ustida ish boshlagan, ammo uning doirasida shu paytgacha chiqarilgan beshta filmdan faqat bittasi — “Mo‘jizakor ayol”gina katta muvaffaqiyatga erishgan edi.