Istanbulda AQSh prezidenti Donald Trampning familiyasi bor barcha ko‘cha ko‘rsatkichlari va peshlavhalari olib tashlandi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Bir muddat oldin Tramp Quddusni Isroil poytaxti deb tan olgan edi. Bu voqea ko‘plab musulmon davlatlari, jumladan, Turkiyaning ham keskin noroziligiga sabab bo‘lgan edi.
Mana shu voqealar fonida 7-dekabr kechki soatlaridan boshlab Istanbul shahri ko‘chalaridagi Tramp familiyasi uchraydigan barcha belgilar olib tashlana boshladi.
Bundan tashqari, Turkiyaning yirik shaharlarida norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda.
Izoh (0)