Facebook va Google shtab-kvartiralari yaqinida joylashgan tarixiy uyning narxi ko‘pchilikni hayratlantirishi mumkin. Joriy yilning iyul oyida Vudsayd shahri Portola-roud, 1550 manzilida (Kaliforniya shtati) joylashgan koshonaning narxi 48 million dollarga yetdi, bu 2008-yilda imzolangan bitimdagi qiymatdan 700 foizga qimmatroq demakdir, deb xabar berdi Insider Pro.
Ushbu koshona va u joylashgan yer-mulk 2,8 gektar maydonni egallagan bo‘lib, bugungi kunda Kremniy vodiysida sotuvga qo‘yilgan eng qimmat uy hisoblanadi.
Vudsayd — Kremniy vodiysida joylashgan. Bu yerda bir necha yillar davomida Stiv Jobs, Larri Ellison va Masayosi Son kabi magnatlar istiqomat qilgan.
48 million dollar evaziga texnologiya olamining eng mashhur shaxslari bilan qo‘shni bo‘lib yashash mumkin.
Portola-roud, 1550 manzilidagi Canardia koshonasi Adelaida Kirkbraydga tegishli bo‘lgan. Noma’lum investor uni 2008-yilda 6,1 million dollarga sotib olgan.
Fransuz uslubida bunyod etilgan koshona 2,8 gektar maydonda joylashgan. Uyning deyarli har bir xonasiga ulkan derazalar o‘rnatilgan.
585 kvadrat metr maydonda beshta yotoqxona, yettita katta vanna va bitta xona joylashgan.
Oshxonadagi ikkita ulkan stol atrofiga ko‘plab odamlarni jamlash mumkin.
Koshonadan katta yuvinish xonasi o‘rin olgan.
Garderob esa o‘z o‘lchami bilan San-Fransiskodagi studiyalar bilan bemalol raqobatlasha oladi.
Uy egalari issiq kunlarda bemalol basseynda cho‘milishlari...
yoki yer-mulk hududida joylashgan ko‘lda suzishlari mumkin.
Otxonaga esa 14 poni sig‘adi.
Izoh (0)