NiceHash kompaniyasi (Sloveniya) kriptovalyuta ishlab chiqarish tizimiga buzib kirilishi 70 million dollar miqdoridagi bitkoinlar o‘g‘irlanishiga olib keldi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Kompaniya kamida bir sutkaga faoliyatini to‘xtatib qo‘yishiga to‘g‘ri keldi.

“Mazkur hodisa jiddiy xavotir tug‘dirmoqda. Biz yaqin kunlarda vaziyatni o‘nglashga harakat qilyapmiz”, — deyiladi kompaniya bayonotida.

Kompaniya marketing direktori Andrey Shkraba xakerlar hujumini tasdiqladi va elektron hamyondan taxminan 4700 bitkoin o‘g‘irlanganini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq bitkoin kursi ilk marta 16 ming dollardan oshgani bildirilgandi.