Janubiy Kaliforniyada 4-dekabrdan beri kuchli o‘rmon yong‘inlari davom etmoqda. Alanga Los-Anjeles atrofidan o‘tgan Interstate 405 shossesigacha deyarli yetib keldi, deya xabar bermoqda Meduza. Katta yo‘ldan olingan hodisa videosiga munosabat bildirarkan: “Jahannam mana shunday ko‘rinishga ega”, — deb fikr bildirgan ijtimoiy tarmoqlarning ko‘plab foydalanuvchilari.