Tokioda 7-dekabr, payshanba kuni noma’lum shaxsning sovuq qurol bilan hujum qilishi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, uch kishi jiddiy tan jarohati oldi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar bermoqda.

Foto: “RIA Novosti”

Kyodo agentligi ma’lumotiga ko‘ra, hodisa Koto tumanida, qorong‘i tushganidan so‘ng yuz bergan. Hujum qilgan shaxs hodisa joyidan yashiringan, ayni vaqtda uni izlab topish choralari ko‘rilmoqda.

NHK telekanali axborotigoa ko‘ra, politsiya hodisa joyiga yetib kelganida jabrlanuvchilar — ikki erkak va ikki ayol — hushsiz holda qonga belanib yotgan bo‘lgan. Keyinroq ayollardan biri vafot etgan.

Hodisa joyidan tashlab ketilgan yapon qilichi va pichoq topilgan.