“Taxtlar o‘yini” serialida Sansa Stark rolini ijro etib shuhrat qozongan aktrisa Sofi Tyorner serialning so‘nggi mavsumi qachon chiqishi haqida aytib o‘tdi. Bu haqda, Variety nashriga tayanib, “Korrespondent.net” xabar bermoqda.

Foto: EPA

Unga ko‘ra, oxirgi mavsum muxlislarga 2019-yili taqdim etiladi.

Shuningdek, u shu yilning oktabrida syomka jarayoni boshlanganini, suratga olish ishlari 6-¬¬7 oydan so‘ng tugashini ma’lum qildi.

Parallel ravishda Tyorner “Iks odamlar: Qora Feniks” filmida suratga tushmoqda.