Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ma’ruza qilarkan, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xususida ham fikr bildirib o‘tdi. Bu haqda “Xalq so‘zi Onlayn” xabar bermoqda.

Foto: O‘zA

Tadbirkorlik yo‘lidagi har qanday to‘siqlarni olib tashlash davlat rahbari sifatida mening eng katta vazifamdir. Tadbirkor yo‘liga to‘siq bo‘lish davlatga xiyonat sifatida qaraladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti

“Xalq so‘zi Onlayn”ning qo‘shimcha qilishicha, ma’ruzada “bizning ajdodlarimiz ham tadbirkorlik bilan shug‘ullanganini, buni Buyuk Ipak Yo‘li misolida ham ko‘rish mumkinligini, umuman, tadbirkorlik qonimizda bor”ligi ta’kidlangan.