Toshkentdagi “O‘zbekiston” xalqaro anjumanlar saroyida 7-dekabr kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligi munosabati bilan tantanali marosim tashkil etildi. Unda, “Xalq so‘zi” xabariga ko‘ra, Prezident Shavkat Mirziyoyev nutq so‘zladi.

Foto: Facebook / Shavkat Mirziyoyev

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi yaratilish tarixi haqida gapirar ekan, “Xalq so‘zi”ning iqtibos keltirishicha: “O‘sha jarayonda ishtirok etganimdan faxrlanaman”, deb aytgan.

O‘zbekiston Prezidenti besh yil davomida aholi manfaatlari uchun ko‘p hujjatlarga o‘zgartishlar kiritilishini ham ta’kidlagan.

Avvalroq, 2018-yil nomi Prezidentning yaqin kunlarda Oliy Majlisga yo‘llaydigan Murojaatnomasida ma’lum qilinishi haqida xabar berilgan edi.