Moskvaning Zamoskvoretskiy sudida so‘nggi so‘z bilan chiqish qilgan Rossiya sobiq iqtisodiy rivojlanish  vaziri Aleksey Ulyukayev Suqrotdan iqtibos keltirdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.

Foto: “TASS”

“Ketish muhlati yetdi. Siz uchun yashash, men uchun o‘lim vaqti keldi”, — dedi sobiq vazir.

Shuningdek, Ulyukayev o‘zini aybdor sanashini bildirdi.

“Faqat prokurorlar zo‘r berib tiqishtirayotgan mantiqsiz ayblovlarda emas. Mamlakat uchun juda kam ish qilganimda aybdorman. Lavozimlarni egalladim, o‘zimni o‘tga-cho‘qqa urdim, sovg‘alar qildim. Meni kechiring, odamlar. Qolgan umrimni insonlarga yordam berishga bag‘ishlayman”, — izoh berdi Ulyukayev.