Apple 2017-yili Rossiyada eng katta mashhurlikka bo‘lgan mobil dasturlar reytingini e’lon qildi. Bu haqda “Kommersant.ru” xabar bermoqda.

Foto: Tech Mag

Reytingda bepul dasturlar ichida birinchi o‘rinni WhatsApp messenjeri egalladi. Ikkinchi pog‘onani Telegram band etdi.

Mashhurlik jihatdan uchinchi deb “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ining dasturi tan olindi.

Beshlikka, shuningdek, Instagram hamda “Sberbank Onlayn” mobil dasturlari kirdi.