Qualcomm Snapdragon 845 premium protsessori taqdim etildi, shu munosabat bilan, u o‘rnatiladigan ilk qurilma haqida ham ma’lum bo‘ldi, deb yozadi Hi-Tech Mail.Ru. Taqdimotda sahnaga chiqqan Xiaomi bosh direktori Ley Jun bo‘lg‘usi flagman Snapdragon 845 bilan jihozlanishini aytdi.

Foto: Hi-Tech Mail.Ru

Mi 7 Snapdragon 845 o‘rnatiladigan ilk smartfonlardan biri bo‘lishi haqidagi mish-mishlar anchadan buyon yurardi, endi esa ular rasman tasdiqlandi. Bundan tashqari, yangi flagman 6 dyuymli va ingichka romli Samsung displeyi, 6 yoki 8 Gb tezkor xotiraga ega bo‘ladi. U fevral oxirida Mobile World Congress’da taqdim etiladi. Mish-mishlarga ko‘ra, u 400 dollar atrofida turadi.