Qirg‘izistonda asosan voyaga yetmagan qizlar ikkinchi va uchinchi xotin bo‘lmoqda. Bu haqda “Bolalar huquqlari himoyachilari ligasi” rahbari Nazgul Turdubekova matbuot anjumanida ma’lum qildi, deb xabar berdi “KNews”.

Foto" “KNews”

Nazgul tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda bir yil davomida 900 ga yaqin voyaga yetmaganlarning nikohi qayd etiladi.

“Bu yashirin muammo. Bizga ko‘pincha ushbu ‘unvon’ga diniy marosimlar orqali ega bo‘lgan ayollar murojaat qiladi. Biz ularning zo‘ravonlikdan azob chekayotganini ko‘rib turibmiz. Ular bu haqida ochiqchasiga ayta olmaydi, militsiya murojaat qilolmaydi, chunki ularning holati aniq emas, ular hujjat ololmaydi. Ko‘pincha voyaga yetmagan qizlar ikkinchi yoki uchinchi xotin bo‘lmoqda. Shunday ekan ko‘p xotinlilikni targ‘ib qilish — bu bachavozlikni targ‘ib qilishdir”, — dedi u.

Ular Jo‘qorg‘i Kenges deputati Aynur To‘ychiyeva bilan ko‘p xotinlilik muammosini yechish borasida bayonot berdi.

“Qirg‘iziston fuqarolari nomidan biz diniy rahbarlar erkaklarni ikkinchi xotin olishga chaqirayotgani borasidagi xavfdan ogohlantiramiz. Biz ushbu bayonot nafaqat ayollarning, balki erkaklarning ham sha’ni va qadr-qimmatini poymol qilish deb hisoblaymiz”, — deya qo‘shimcha qiladi Turdubekova.