Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xalqaro olimpiya qo‘mitasining rossiyalik sportchilar yuzasidan chiqargan keskin qaroriga o‘z munosabatini bildirdi.

Foto: Google Images

Rasman: Rossiya delegatsiyasi qishki Olimpiadada ishtirok etmaydi. XOQ bu borada dahshatli qarorlar chiqardi

Gorkiy avtomobil zavodi ishchilari bilan uchrashuv chog‘ida Putin rossiyalik sportchilarning Olimpiada—2018 da ishtirok etishiga qarshilik qilmasligini bildirdi, deb yozdi “Meduza”.

Biz to‘siqlarga hech bir shubhasiz qarshimiz. Agar olimpiyachilardan kimdir musobaqada alohida ishtirok etishni istasa, ularning yo‘liga to‘g‘anoq bo‘lmaymiz.

Vladimir Putin, Rossiya prezidenti

“Interfaks”ning Putinga tayanib yozishicha, ko‘plab sportchilar Olimpiadada ishtirok etish uchun butun hayotini bahshida etadi. Shuning uchun ham davlat ularning ishtirokini cheklamaydi va bu borada hech qanday to‘siq qo‘ymaydi.

Rostini aytish kerak, bu masalada biz qisman aybdormiz, o‘zimiz shunga imkon berib qo‘ydik. Bu kemtikdan esa adolat bilan foydalanishmadi. Chunki bizga bo‘lgan ayblovlardagi faktlar to‘liq isbot qilinmagan.

Vladimir Putin, Rossiya prezidenti

Avvalroq Rossiya Davlat Dumasi deputatlari Pxenchxan—2018 qishki Olimpiadasiga boykot qilish kerakligini aytib, bunga Rossiya bilan aloqalari yaxshi bo‘lgan bir qator davlatlarni ham da’vat etishni boshlagandi.

Yevgeniy Kafelnikov: Hatto Putin qarshi bo‘lsa ham, Olimpiadaga borardim. Olimpiada prezidentdan ustunroq