Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganining 25 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda ma’ruza bilan chiqish qildi, deya xabar bermoqda O‘zA.

Foto: “Qo‘qon sadosi”

O‘zAning yozishicha, “muntazam ravishda joylarga chiqib, odamlarning ehtiyojlari, muammolari bilan yashash va ularning yechimini topish vazifasi mansabdorlar tomonidan xo‘jako‘rsinga emas, balki amalda ta’minlanishi shart”.

Agentlikning qayd etishicha, shu munosabat bilan tashkil etilgan Xalq qabulxonalari ko‘plab muammolarni yechishda amaliy yordam beradigan yaxlit tizimga aylandi. Bir yilda 1,5 millionga yaqin murojaat ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, fuqarolarimizning og‘irini yengil qilish, kundalik muammolarini o‘z vaqtida va samarali hal etish maqsadida Xalq qabulxonalari negizida, Prezident huzurida alohida tuzilma tashkil etmoqchimiz.

Bu tuzilmaga Tezkor davlat xizmatlari agentligi deb nom bersak, ayni muddao bo‘lardi. Chunki, u tezkor ravishda, markazlashtirilgan holda xizmat ko‘rsatadigan idora bo‘ladi.

Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti